Aldamuratov AI
Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilaniş: 2026-yil 20-noyabr
Aldamuratov AI («Xizmat») — Telegram bot (@aldamuratovaiapp) va veb-ilova orqali işlaydigan sunʼiy intellekt yordamçi. Bu sahifada qanday maʼlumot yiğiliši, nima uçun va qanday himoyalaniši tuşuntirilgan.
1. Qanday maʼlumot yiğiladi
- Hisob maʼlumotlari: ism, Telegram ID va foydalanuvçi nomi; saytda röyxatdan ötsangiz — email manzil (Google yoki Apple orqali kirsangiz — öşa xizmat bergan email va ism).
- Parol: faqat şifrlangan (scrypt xeş) körinişda saqlanadi, uni hec kim, jumladan biz ham köra olmaymiz.
- Suhbatlar: yozgan xabarlaringiz, AI javoblari, yuborgan fayl, rasm va ovozli xabarlaringiz (javob tayyorlaş uçun).
- Xotira: AI siz haqingizda eslab qolgan qisqa faktlar (masalan, maqsadingiz). Ularni Sozlamalar → Xotira bölimida köriş va öçiriş mumkin.
- Öqiş natijalari: sözlar, test natijalari, XP, reja.
- Texnik maʼlumot: kunlik foydalaniş soni, xatolar haqida yozuvlar.
2. Nima uçun işlatiladi
- Savollaringizga javob beriş va xizmatni işlatiş uçun.
- Sizga moslaştiriş uçun (til, uslub, xotira).
- Parolni tiklaş kodini email orqali yuboriş uçun.
- Xatolarni topiş va xizmatni yaxşilaş uçun.
Maʼlumotlaringiz sotilmaydi va reklama uçun işlatilmaydi.
3. Uçinçi tomon xizmatlari
Javob tayyorlaş uçun xabaringiz quyidagi xizmatlarga yuboriladi:
- Google Gemini — asosiy AI modeli, ovoz yaratiş va internetdan qidiriş.
- OpenRouter — zaxira AI modellari (Gemini band bölganda).
- Telegram — bot orqali yozişsangiz.
- Email xizmati — faqat parolni tiklaş kodini yuboriş uçun.
- Google / Apple — faqat öşalar orqali kirsangiz.
Bu xizmatlarning öz maxfiylik siyosatlari amal qiladi. Maxfiy maʼlumotlarni (parol, karta raqami, pasport maʼlumotlari) AI'ga yozmasligingizni tavsiya qilamiz.
4. Saqlaş va himoya
- Maʼlumotlar himoyalangan serverda saqlanadi, ulaniş HTTPS orqali şifrlanadi.
- Har kuni zaxira nusxa olinadi (oxirgi 14 kunlik).
- Saytdagi sessiya xavfsiz cookie (HttpOnly, Secure) orqali işlaydi.
5. Sizning huquqlaringiz
- Yuklab oliş: Sozlamalar → Maxfiylik → «Maʼlumotlarimni yuklab oliş».
- Suhbatlarni öçiriş: Sozlamalar → Hisob → «Çat tarixini tozalaş».
- Xotirani öçiriş: Sozlamalar → Xotira.
- Hisobni butunlay öçiriş: Sozlamalar → Maxfiylik → «Hisobni öçiriş».
6. Bolalar
Xizmat 13 yoşdan kiçiklar uçun möljallanmagan. 18 yoşgaça bölsangiz, ota-onangiz roziligi bilan foydalaning.
7. Özgarişlar va aloqa
Bu siyosat özgarsa, sana yangilanadi va muhim özgarişlar haqida xabar beriladi. Savollar uçun: Telegram — @aldamuratov.